Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Si Szinpin, Putin va Tramp G20 sammitida ishtirok etmaydi

Si Szinpin, Putin va Tramp G20 sammitida ishtirok etmaydi

G20 tarixida ilk bor guruhning uchta yetakchi davlat boshlig‘i sammitda qatnashmaydi.

Xitoy rahbari Si Szinpin 21–22 noyabr kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Die Zeit nashri Xitoy diplomatik doiralariga tayanib xabar berdi. Sammitda Xitoy delegasiyasiga Bosh vazir Li Syan boshchilik qiladi.

Bundan avval AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zlarining tadbirda qatnashmasligini ma’lum qilgandi. Shu tariqa, G20 tarixida ilk bor guruhning uchta yetakchi davlat boshlig‘i sammitda ishtirok etmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp Janubiy Afrikaga tashrifdan bosh tortib, bunga mamlakatda yer masalalari bo‘yicha olib borilayotgan siyosatni sabab sifatida ko‘rsatgan. U senyatabr oyida o‘z o‘rniga AQSh vise-prezidenti J. D. Vens ishtirok etishini bildirgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Xalqaro jinoiy sud tomonidan 2023 yilda chiqarilgan hibsga olish orderi sababli Janubiy Afrikaga borishi mumkin emas. Shu bois Rossiya delegasiyasiga boshqa rasmiy shaxs rahbarlik qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:42. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!