14 iyun kuni Shveysariya mamlakatning migrasiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishni talab qiluvchi "10 million aholiga ega Shveysariyaga yo‘q!" tashabbusi bo‘yicha referendum o‘tkazadi.
Tashabbusda agar Shveysariya aholisi 2050 yilga kelib 9,5 millionga yetsa, hukumat keyingi o‘sishni cheklash choralarini ko‘rishi kerakligi taklif qilingan.
Mumkin bo‘lgan choralar qatoriga Yevropa Ittifoqi bilan erkin harakatlanish shartnomalaridan chiqish va Shengen hududidan chiqish kiradi.
22-23 aprel kunlari o‘tkazilgan Leewas so‘roviga ko‘ra, mamlakat aholisining 52 foizi aholini 10 million bilan cheklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.