Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shvesiyada yirik o‘rmon yong‘inlari o‘chirilmaydi

Shvesiyada yirik o‘rmon yong‘inlari o‘chirilmaydi

Shvesiyada butun mamlakat bo‘ylab 50 dan ortiq o‘rmon yong‘ini qayd etildi. Ularning ba’zilari juda yirik bo‘lib, o‘t o‘chiruvchilar ularni bartaraf eta olmayapti. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi

Xabar berilishicha, murakkab yong‘inlar holatida o‘t o‘chiruvchilar alanganing tarqalishiga yo‘l; qo‘ymaslikka urinmoqda. Shu bilan bir vaqtda, ular issiq havoning o‘zgarishi ularning ishini yengillashtirishiga umid qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda o‘ta issiq havo yakunlanguncha bir necha hafta o‘tishi mumkin.

O‘rmon yong‘inlari Shvesiya qutqaruv xizmatlari uchun eng yirik chaqiruvlardan biri bo‘ldi. Ularga ofatga qarshi kurashish uchun texnika va ishchi kuchi yetishmayapti. Mamlakat bosh vaziri favqulodda holat e’lon qilgan.

Yirik yong‘inlar Stokgolmdan bir necha kilometr shimolda davom etmoqda. Mamlakat markazida bir nechta qishloq evakuasiya qilingan.

Manba: daryo.uz

 

Kiritildi: 07:50 21.07.2018. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!