Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shuhrat G‘aniyev: "Qizingni bervorasan, shu bilan qutulasanmi?"

Shuhrat G‘aniyev: "Qizingni bervorasan, shu bilan qutulasanmi?"

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ba’zi otalar qizlarini turmushga berishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yishi oilalar ajrimiga ta’sir qilishini aytib o‘tdi. U bu haqda jurnalistlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ajrimlar masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, turli urf-odatlar oilalarni buzilishiga ta’sir qilishini misol qilib keltirdi.

«‘Qizim 24 yoshga kirib qoldi, uzatadigan vaqti keldi. Qari qiz bo‘lib qolyapti, tezroq kuyovga berishim kerak’ deydi ba’zi bir otalar. Iya, to‘xta, kimga berasan desangiz, ‘Ha endi, bervoraman–da’ deydi. Qizingni bervorasan, shu bilan qutulasanmi? Qizing 24 yoshga kirib qolgan bo‘lsa, o‘zi qanday hunari bor deb so‘rasangiz, ‘Qizim oliy ma’lumotli, diplomi bor’ deydi. To‘xtab tur, seni qizing bilan nima ishing bor, o‘ziga qo‘yib ber. Amaldagi qonunlar, boshqasi bor. Mana shunaqa har xil urf-odatlarimiz ham oilalarga ta’sir qilyapti. Shuning uchun bu juda murakkab masala», – dedi G‘aniyev

Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlarga nimanidir tushuntirish uchun inson badiiy adabiyot o‘qigan bo‘lishi va hayotda ko‘p narsani taroziga sola bilishi kerak.

Kiritildi: 10:14 02.07.2020. O'qildi: 7389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!