Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shubhali laboratoriya: COVID-19, aslida, AQShdan tarqalganmi?

Shubhali laboratoriya: COVID-19, aslida, AQShdan tarqalganmi?

Fort-Detrikdagi Amerika laboratoriyasi xavfli viruslarni tarqatgan bo‘lishi mumkin. CGTN ma’lumotlariga ko‘ra, ekspertlar allaqachon Vashingtonni tergovni boshlashga chaqirishmoqda. Shu jumladan, Xitoy vakillari talablar qo‘ymoqda.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Fort-Detrikdagi laboratoriya - bu harbiy baza bo‘lib, u yerda fashistlarning bakteriologik qurollari va Yaponiyaning "731 otryadi" haqidagi materiallar saqlanadi. «Jenmin jibao» gazetasining aniqlik kiritishicha, 2019 yil iyul oyida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya holatlari yaqin atrofdagi ikkita qariyalar uyida qayd etilgan va sentyabr oyida kasallanganlar ko‘paygan. Shu bilan birga, nafas olish yo‘llari kasalliklari soni sezilarli darajada oshgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Natijada AQSh rasmiylari laboratoriyani rasman yopdilar.

Xitoy rasmiylari aminki, koronavirusning yangi turi AQShda Xitoyga qaraganda bir oy oldin paydo bo‘lgan. Biroq, Vashington Pekinga ko‘ra, boshqa tuzilmalar tomonidan tekshirishdan bosh tortadi.

AQSh Xitoy bayonotlariga hozircha javob bermadi.

Kiritildi: 05:26 01.08.2021. O'qildi: 4735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!