Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Shomurodovga qiziqqan klub boshqa hujumchi oldi

Shomurodovga qiziqqan klub boshqa hujumchi oldi

Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan “Beshiktosh” klubi markaziy hujumchi pozisiyasiga serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovichni oldi.

Bu haqda Turkiya klubi ijtimoiy tarmoqdagi X akkaunti orqali ma’lum qildi.

Avvalroq matbuotda futbolchining shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallanishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Serbiyalik hujumchining maoshi bonuslardan tashqari yiliga 8 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, Vlaxovich shartnoma imzolagani uchun katta miqdorda bonus oladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Vlaxovich Turinning «Yuventus» klubi safida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu o‘yinlarda 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 04:20 13.08.2026. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!