Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shomurodov transferini yana bir klub rad etdi

Shomurodov transferini yana bir klub rad etdi

"Sassuolo" sport direktori Jovanni Rossi SE bilan suhbatda Shomurodovning klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Bularning barchasi yolg‘on. "Sassuolo" Shomurodovga hech qachon qiziqmagan. Hozir biz ham uning transferiga qiziqmayapmiz”, - dedi Rossi.

Oldinroq Shomurodov “Sassuolo”, “Vulverxempton”, “Al-Hilol” klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonlik hujumchi o‘tgan yilning avgust oyida “Jenoa”dan 18 million yevro evaziga “Roma”ga o‘tgan edi. 2021/22 yilgi mavsumda hujumchi klub safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shomurodovning “Roma” bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.

Kiritildi: 22:07 10.08.2022. O'qildi: 5722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!