Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtraytning aytishicha, Germaniya kansleri Olaf Shols yaqin bir necha hafta ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga telefon qilishni rejalashtirmoqda.
“U (Shols) yaqin bir necha hafta ichida Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirmoqda”, — dedi Xebeshtrayt.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Shols Ukraina mojarosining turlicha qarashlariga qaramay, Moskva bilan muntazam aloqalarni davom ettirishni muhim deb biladi.