Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shohjahon Ergashev "Humo Arena"da navbatdagi jangini o‘tkazadi

Shohjahon Ergashev "Humo Arena"da navbatdagi jangini o‘tkazadi

25 iyul kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida o‘tkaziladigan prof boks oqshomining markaziy jangida o‘zgarish bo‘ldi.

Aslida, turnirning asosiy bahsida o‘zbekistonlik professional bokschi, IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev Qozog‘iston vakili Batir Jukembayevga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi.

Biroq Jukembayev bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ushbu jangni amalga oshirishga bo‘lgan ikki urinish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi uning o‘rniga rossiyalik Mark Urvanov Shohjahon Ergashevga raqiblik qiladi.

Ergashev professional faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, 26 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Urvanov hisobida esa 26 ta g‘alaba, 8 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang bor. U o‘tgan yilning iyul oyida Xurshidbek Rasuljonov, noyabr oyida esa Shahram G‘iyosov bilan jang qilib, har ikkisida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Shohjahon Ergashev "Humo Arena"da navbatdagi jangini o‘tkazadi

Kiritildi: 20:14 04.07.2026. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!