Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shinjonda sun’iy yomg‘ir dron yordamida yog‘dirildi

Shinjonda sun’iy yomg‘ir dron yordamida yog‘dirildi

Xitoy Xalq Respublikasi meteorologiya xizmati mutaxassislari tomonidan, Xitoy shimoli—g‘arbida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha yana bir muvaffaqiyatli tajriba amalga oshirildi. Meteorologlarning asosiy vositasi katta Scorpion A droni bo‘ldi. Uning uzunligi 10,5 m, balandligi 3,1 m, qanotlarining o‘lchami 20 m dan oshadi, u 10 ming m balandlikka ko‘tarilib, 8 ming km masofagacha uchishga qodir.

Dron kumush yodidli 24 ta snaryod va bulutlarning yomg‘irga aylanishiga yordam beradigan 200 ta tutun chiqarish moslamani tashish uchun mo‘ljallangan. Scorpion A haqiqiy "bulut ovchi"lariga aylangan kichik dron bilan bog‘langan. Ular Xitoyning FY-4 geostasionar sun’iy yo‘ldoshlari va yerga asoslangan monitoring tarmog‘idan texnik yordam oladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday tizim sun’iy yomg‘irni aniq va samarali yog‘dirishga imkon beradi. Mintaqa uchun juda zarur bo‘lgan namlik yaylovlarda yem-xashak o‘tlarining yaxshi o‘sishiga yordam beradi, Uyg‘ur avtonom viloyatidagi chorvachilik sanoati istiqboli hisoblanadi.

Kiritildi: 10:16 05.09.2024. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!