KXDR Yaponiya dengizi tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi, deya xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.
Uchirish ertalab Xamgyon-Namdo provinsiyasidan amalga oshirildi, deb xabar beradi Yonhap agentligi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib. Hozirda snaryadlar dengizga tushgani taxmin qilinmoqda.
Janubiy Koreya harbiylarining ta’kidlashicha, ular uchirishga tayyorgarlikni ko‘rishgan va unga javob qaytarishga hozirlik ko‘rishgan. Ular Qo‘shma Shtatlar bilan ma’lumot almashmoqda.