KXDR AQShning Pxenyandan kiber tahdid borligi haqidagi da’volarini asossiz tuhmat deb biladi.
Bu haqda Koreya Markaziy Axborot Agentligi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakiliga tayanib xabar bermoqda.
"So‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlar o‘zining davlat idoralari, nazorat ostidagi ommaviy axborot vositalari va provokasion tashkilotlar orqali bizdan mavjud bo‘lmagan "kiber tahdid" atrofida shov-shuv ko‘tarib, xalqaro hamjamiyatda KXDRning buzib ko‘rsatilgan qiyofasini yaratishga harakat qilmoqda", deb ta’kidladi vazirlik vakili.
Shimoliy Koreya Diplomatik vazirligi bunday bayonotlar mamlakatni obro‘sizlantirish uchun ataylab qilingan kampaniya ekanligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, vazirlik KXDR dushman kuchlarning, jumladan, kibermakondagi qarama-qarshilik harakatlariga toqat qilmaslik niyatida ekanligini va o‘z milliy manfaatlari va fuqarolarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.