Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shaytonni so‘kib bo‘lmaydimi?

Shaytonni so‘kib bo‘lmaydimi?

Savol

Assalom alaykum. Hadis kitobida: "Shaytonni la’natlamanglar, ammo uning yomonligidan panoh so‘ranglar" mazmunidagi hadis o‘qib qoldim. Bu tavsiyaning hikmatini anglay olmadim. Shuni tushuntirib bersaniz. Rahmat.


Javob

"Shaytonni so‘kmanglar va uning yomonligidan Allohdan panoh tilanglar". Bu hadisni Abu Hurayra roziyallohu anhudan Abu Tohir Muxlis va Daylamiylar rivoyat qilishgan.

Imom Munoviy aytishlaricha, uni so‘kish sizdan zararni daf qilmaydi va adovatidan qutiltirmaydi. Ammo uning ham egasi bo‘lgan Allohdan panoh so‘rasangiz, O‘zi xohlagan bandalaridan uning hiyla va nayrangini daf qiladi.

Alloh yanada bilguvchiroq.

Mubashshir AHMAD

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:40 12.12.2018. O'qildi: 2566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!