Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasining rapid va blis bo‘yicha JChdagi tarkibi aniq bo‘ldi

Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasining rapid va blis bo‘yicha JChdagi tarkibi aniq bo‘ldi

Joriy yilning 25–30 dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million yevrodan ortiqni tashkil etadi.

Xalqaro shaxmat federasiyasi — FIDE musobaqada qatnashuvchi ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Jahon chempionatida dunyoning 393 nafar yetakchi shaxmatchilari g‘oliblik uchun dona suradi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 14 nafar shaxmatchi bilan qatnashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi

Open (erkaklar) yo‘nalishi:

Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindorov
Nodirbek Yoqubboyev
Shamsiddin Vohidov
Jahongir Vohidov
Muhiddin Madaminov
Muhammadzohid Suyarov
Humoyun Begmurotov

Ayollar yo‘nalishi:

Afruza Hamdamova
Umida Omonova
Gulruhbegim Tohirjonova
Nilufar Yoqubboyeva
Madinabonu Xalilova
Guldona Karimova

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston shaxmatchilari so‘nggi yillarda jahon miqyosida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Xususan, Nodirbek Abdusattorov 2021 yil Ostona shahri mezbonlik qilgan musobaqada rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘lgan edi.

Shuningdek, Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida o‘tgan Jahon kubogi turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidovdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yil Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida birinchi o‘rinni egallagan.

2025 yilgi rapid va blis Jahon chempionatida Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy, Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Arjun Erigaisi, Maksim Vashe-Lagrav, Daniil Dubov va amaldagi Jahon shaxmat toji egasi Gukesh Dommaradju ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 23:45 25.12.2025. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!