Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Shaxmat: Uesli bilan durang o‘ynagan Nodirbek endi Bogdan-Danyel Dyak bilan bellashadi

A A A
Shaxmat: Uesli bilan durang o‘ynagan Nodirbek endi Bogdan-Danyel Dyak bilan bellashadi

Bugun, 4 iyul kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tayotgan "Superbet Chess Classic Romania" turnirining 8-turida Nodirbek Abdusattorov ruminiyalik Bogdan-Danyel Dyak bilan oq donalarda kuch sinashadi.

Kecha o‘tkazilgan 7-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Uesli So bilan bahs olib bordi.

Aytish lozim, ushbu turdagi barcha o‘yinlar durang bilan yakunlandi. Uesli So - Nodirbek Abdusattorov “dueli”da hamyurtimiz qora donalarda o‘ynagan bo‘lsa-da 68-yurish holatidan hujumkor pozisiyada harakatlanishi g‘alaba yo‘lini ochishi mumkin edi.

Shaxmat: Uesli bilan durang o‘ynagan Nodirbek endi Bogdan-Danyel Dyak bilan bellashadi

Ammo amerikalik shaxmatchining ehtiyotkorlik bilan amalga oshirgan pozision himoyalanishi bahsning 76-dona surish holatida deyarli durangni qayd etdi. Shunday bo‘lsa-da, tomonlar 86-yurishdan keyin murosaga keldi.

Durang natijalardan so‘ng turnir jadvalida shaxmatchilarning joylashuvida o‘zgarish ro‘y bermadi.

Musobaqa jadvalini AQShlik Fabiano Karuana 4,5 ochko bilan boshqarayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan joy olgan Dommaraju Gukesh, Alirizo Firuzja va Rameshbabu Praggnanandha 4 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Shaxmat: Uesli bilan durang o‘ynagan Nodirbek endi Bogdan-Danyel Dyak bilan bellashadi

"Grand Chess Tour" seriyasiga kiritilgan birinchi nufuzli musobaqa – "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lib, 1-o‘rinni egallagan shaxmatchi 100 ming, 2-o‘rin 65 ming, 3-o‘rin 48 ming, 3-o‘rin 48 ming, 4-o‘rin 32 ming, 5-o‘rin 26 ming, 6-o‘rin 21 ming, 7-o‘rin 18 ming 500, 8-o‘rin 16 ming, 9-o‘rin 13 ming va 10-pog‘onadan joy olgan shaxmatchi 10 ming 500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.

Turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari ertaga, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:21 04.07.2024. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!