Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyevning Shveysariyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Shavkat Mirziyoyevning Shveysariyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Davosdagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu yetakchi moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi barqaror strategik tusga ega. O‘zbekiston YETTBning mintaqadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda. Bankning investisiyalari hajmi qariyb 7 milliard dollarga yetdi.

2025 yilda amaliyotlar, shu jumladan, xususiy sektorga yo‘naltirilgan mablag‘larning hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

ETTBning “yashil” energiyani rivojlantirish, transport infratuzilmasini modernizasiya qilish, ekologik dasturlarni amalga oshirish, moliya bozorini isloh qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi.

Joriy yil uchun hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, xususiy sektor va infratuzilmani rivojlantirish, temir yo‘l transportini raqamli transformasiya qilish hamda boshqa masalalar belgilab olindi.

Ayollar va yoshlarni zamonaviy kasblar va biznesga o‘qitish bo‘yicha dasturlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlardagi ishtirokini yakunladi.

Bugun davlatimiz rahbari Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etib, tadbir doirasida qator uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi.

Amaliy tashrif tugagach, O‘zbekiston Prezidenti Syurix xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Kiritildi: 23:34 22.01.2026. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!