Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev “Yil davlat arbobi” deb topildi

Shavkat Mirziyoyev “Yil davlat arbobi” deb topildi

Turkiyaning Ipakyolu strategik tadqiqotlar markazi va Broadcasting group tomonidan tashkil etilgan marosimda Turkiya dunyosiga qo‘shgan hissasi uchun bir qancha siyosatdon, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.

Yilning davlat arbobi nominasiyasi bo‘yicha mukofotga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib ko‘rildi. Mukofotni Prezidentimiz nomidan yurtimizning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi.

Shuningdek, turli nominasiyalar bo‘yicha Qirg‘iziston, Gagauziya, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon davlatlarining konsullari ham diplomatik korpus vakillari mukofotlarni qabul qilib oldi.

Bu haqda Turkiyaning Sondakika nashriga asoslanib O‘zA xabar berdi.

Kiritildi: 13:08 16.04.2019. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!