Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni — yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari maktubida Trampning davlat boshqaruvidagi tajribasi va xalqaro siyosatdagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tgan.

«Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. Sizning qat’iy siyosiy yetakchiligingiz va mustahkam irodangiz tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va qudrati tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istar edim», — deyiladi maktubda.

Shu bilan birga, tabrikda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi mazmun bilan boyib, izchil rivojlanayotgani qayd etilgan.

Qayd etilishicha, o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

«Bugun O‘zbekiston – AQSh aloqalari har qachongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etayotgani ham ayni haqiqatdir», — deyiladi maktubda.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ochiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida AQSh bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, turli xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlangan.

Strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida Shavkat Mirziyoyev amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Tabrik maktubi yakunida Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tilab qolingan.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!