Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan keldi.
Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Kremlda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.