Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Parijda kimlar bilan uchrashadi?

Shavkat Mirziyoyev Parijda kimlar bilan uchrashadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yil 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Fransiya muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investisiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.

Manba: uznews.uz

Kiritildi: 14:49 06.10.2018. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!