O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqi nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.