O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati Yuvalde shaharchasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Jozef Baydenga hamdardlik yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQShning Texas shtatidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 18 o‘quvchi va uch kishi, jami 21 odam halok bo‘lgandi. 18 yoshli qotil polisiya tomonidan otib tashlangan.