Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Italiyaga taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev Italiyaga taklif qilindi

Italiya prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Italiyaga tashrif buyurishga taklif qildi. TIV matbuot xizmati xabar berishicha, u bu haqda O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi Otabek Akbarovdan ishonch yorlig‘ini qabul qilish chog‘ida aytib o‘tgan.

Italiya davlat rahbari 18 yillik tanaffusdan so‘ng ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlagan.

Bundan avvalroq Chexiya va Isroil rahbarlari ham O‘zbekiston prezidentiga shunday takliflarini bildirishgandi.

O‘zbekiston prezidenti 2019 yil yanvarida Germaniyaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019 yil boshida Yaponiyaga ham safar amalga oshirilishi ham mumkin.

Kiritildi: 09:52 21.10.2018. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!