Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Federal Kansler Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Mamlakatimiz yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investisiyaviy, innovasiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Kiritildi: 19:12 27.09.2023. O'qildi: 2118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!