Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pitsburgdagi sinagogada sodir etilgan otishmada ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pittsburgdagi sinagogada sodir etilgan otishma oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Shanba kuni ertalab Amerikaning Pensilvaniya shtati Pittsburg shahrida joylashgan sinagogada (yaxudiylar ibodatxonasi - tahr.) otishma sodir bo‘ldi. RIA Novostining xabar qilishicha, hodisa oqibatida sakkizdan o‘n bir nafargacha kishi halok bo‘lgan, eng kamida olti kishi, jumladan to‘rt polisiya vakili jarohatlangan.

OAV o‘z manbalariga tayanib, otishmani 48 yoshli AQSh fuqarosi Robert Bauers sodir etganini xabar qildi.

Manba: gazeta. uz

Kiritildi: 21:17 28.10.2018. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik