Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda»

«Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda»

Amerikalik   tahlilchi, Daniyel Morgan nomidagi Milliy xavfsizlik masalalarini o‘rganish oliy maktabi (Daniel Morgan Graduate School of National Security) katta ilmiy xodimi Edvard Lemonning O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqidagi yozgan maqolasida shunday fikr bildiriladi. Ushbu maqola nufuzli tahliliy “World Politics Review” jurnalida chop etildi.

Ekspertning fikricha, mamlakat bugungi kunda tashqi dunyoga ochiqlikni namoyon etayotir. Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari lavozimiga kirishgach, qator muhim islohotlarni boshladi. 

Edvard Lemonning ta’kidlashicha, O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi siyosiy qadamlar muhim natijalarga olib keldi. So‘zining tasdig‘i sifatida mutaxassis respublikamiz tashqi savdosining keskin ortganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, “2016 yildan buyon o‘zbek iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalar hajmi ikki barobar oshdi”. 

“Kechayotgan o‘zgarishlar, albatta, O‘zbekiston fuqarolariga foyda keltirmoqda. Ular o‘z fikrlarini bildirishlari, qo‘shni davlatlardagi qarindoshlarini emin-erkin borib ko‘rishlari mumkin... Ular iqtisodiy taraqqiyot taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalanmoqdalar... Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni modernizasiyalash va hukumat faoliyatining samaradorligini oshirishga harakat qilayotir. Xususan, Prezident mamlakat byurokratiya tizimini isloh qilib, yosh, kuch-quvvatga to‘la o‘z kasbining ustalari va texnokratlarni jalb etmoqda. Bu boshqaruv tizimini yaxshilashga imkon beradi”, deydi E. Lemon.

Xs.uz

Kiritildi: 11:07 07.11.2018. O'qildi: 2535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!