Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Shartnoma muddati tugagan bo‘lsa-da, “MATIZ”dan darak bo‘lmadi

A A A
Shartnoma muddati tugagan bo‘lsa-da, “MATIZ”dan darak bo‘lmadi
Navoiy shahar Mahmud Tarobiy ko‘chasi 127-uy, 17-xonadonda yashovchi Dilshod Hamroyev “Navoiytexxizmatservis” avtosaloniga “MATIZ” rusumli avtomashinasini xarid qilish uchun to‘lovlarni to‘lagandi. Biroq...
 
Shu yilning 9 iyul kuni Navoiy shahar Mahmud Tarobiy ko‘chasi 127-uy, 17-xonadonda yashovchi Dilshod Hamroyevning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Navoiy viloyat hududiy birlashmasining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
 
Fuqaro murojaatida Navoiy shahrida joylashgan “Navoiytexxizmatservis” avtosalonidan “MATIZ” rusumli avtomashinasini shartnoma muddati tugagan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ololmay kelayotganligidan noroziligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘ralgan.
 
Ushbu murojaatga aniqlik kiritish maqsadida servis xizmati xodimlari bilan telefon orqali bog‘lanildi va murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bayon qilinib, xizmat ko‘rsatuvchiga iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchining haq-huquqlari, burch va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi, “Navoiytexxizmatservis” xodimlari bilan olib borilgan tushintirishlardan so‘ng, joriy yilning 14 iyul kuni fuqaroga “MATIZ” rusumli avtomashinasi olib berilishi ta’minlandi.
 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 12:16 16.07.2018. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik