Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shahzoda Garri ikkinchi marta ota bo‘ladi

A A A
Shahzoda Garri ikkinchi marta ota bo‘ladi

Britaniyaning 36 yoshli shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl ikkinchi marotaba ota-ona bo‘ladi. Bu haqda oilaning rasmiy vakili People jurnaliga xabar bergan.

Archining aka bo‘lishini tasdiqlagan vakil gersog va gersoginya ikkinchi marta farzandli bo‘lishidan juda ham xursand ekanini qo‘shimcha qilgan. Bolaning dunyoga kelish sanasi va jinsi hali ma’lum emas. Ushbu e’londan tashqari, qirollik oilasining suratchisi Misan Xarriman ham juftlikning yangi oq-qora surati bilan bo‘lishgan.

Time jurnalida ushbu xabardan Yelizaveta II, uning eri Filipp va o‘g‘li shahzoda Charlz hamda butun oila shod bo‘lgani va ularga eng yaxshi tilaklarni tilashi haqida yozilgan.

Shahzoda Garri va Megan Markl 2018 yil 19 may kuni turmush qurgan, 2019 yilning 6 mayida esa ilk marta farzandli bo‘lgan va unga Archi deb ism qo‘ygan. 2020 yilda moliyaviy mustaqil bo‘lishga qaror qilgan juftlik Kanadaga keyin, AQShga ko‘chib o‘tgan.

2020 yilning kuzida Megan The New York Times nashridagi maqolasida, iyul oyida bolasi tushib qolganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 19:15 18.02.2021. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik