Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shahzoda Garri AQShdan yangi ish topdi

A A A
Shahzoda Garri AQShdan yangi ish topdi

Gap shundaki, shahzoda Garri Aspen institutining dezinformasiyaga qarshi komissiyasi a’zosi bo‘ldi.

Aspen instituti Qo‘shma Shtatlardagi eng taniqli ilmiy markazlardan biri bo‘lib, AQSh hayotining barcha sohalarida tadqiqotlar olib boradi.

Sasseks gersogi komissiyaning doimiy yig‘ilishlarida Archewell tashkiloti asoschisi sifatida ishtirok etadi. Undan oldin, shu haftaning boshida, shahzoda Garri San-Fransiskodagi Better Up kompaniyasining shaxsiy o‘sish, murabbiylik va psixoterapiya xizmatlarini ko‘rsatadigan jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga rahbarlik qilishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 22:03 25.03.2021. O'qildi: 2262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik