Joriy yilning 5-Yanvar kuni soat 22:57da Shahrixon tumani Andijonlik MFY Amir Temur ko‘chasida joylashgan Maishiy savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan, soat 23:00da aytilgan manzilga YOQElari yetib borgan va soat 23:45da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida savdo do‘konining 300 m.kv maydonda shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.
Yong‘in natijasida fuqarolar tan jaroxati olmagan.
Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.