Internet nashrlarida Shahrisabz tumanidagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari 6 oydan buyon maoshsiz ishlayotgani haqida xabar berilgan edi. Qurilish vazirligi ushbu materialga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayrim sababga ko‘ra, so‘nggi uch oy uchun pedagog-xodimlarga oylik maoshlari berilmagan.
Mazkur masala to‘g‘risida vazirlikning joriy yil 14 martdagi murojaatiga asosan, Qashqadaryo viloyati tegishli mutasaddilari Navro‘z bayramiga qadar barcha qarzdorliklarni uzishni rejalashtirishganini ma’lum qilishgan.
Ushbu holat Qurilish vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan va 18 mart kuni barcha xodimlarga oylik maoshlari to‘lab berilishi ta’minlanadi.