Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shahrisabzda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotgan ona ushlandi

Shahrisabzda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotgan ona ushlandi

Shahrisabzda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrisabz shahar, Ipak-yo‘li M.F.Y.da yashovchi fuqaro N.Q. 2019 yil 8 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandi I.B.ni fuqaro J.R.ga 10,0 mln. so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:10 18.04.2019. O'qildi: 1520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!