Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Shahram G‘iyosov: "Chempionlik kamarini yurtimizga olib boraman"

Shahram G‘iyosov: "Chempionlik kamarini yurtimizga olib boraman"

Bokschimiz Shahram G‘iyosov bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Assalomu alaykum, mana 15-jangimizni ham o‘tkazib oldik, Alhamdulillah 11-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondik. O‘zbekistonga shu medal bilan ketmoqdaman (WBA da’vogarlik medalini ko‘rsatib).

Endi majburiy da’vogarman. Navbatdagi jangim jahon chempionligi uchun bo‘ladi.

Prezidentimizga va’da berganman - uni bajarishimga bir qadam qoldi. Xudo xohlasa chempionlik kamarini yurtimizga olib boraman.

Bojxona qo‘mitasidagi generalimizga ham va’da berganman. Inshallah, bu g‘alaba barchamizniki. Nasib bo‘lsa, birgalikda chempion bo‘lamiz. O‘zbekiston, olg‘a", - dedi Shahram G‘iyosov.

Kiritildi: 22:29 25.02.2024. O'qildi: 1535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!