Shimoliy Afrika qirg‘og‘idagi Ispaniya avtonom shahri Seutaga suzib borishga urinish paytida kamida 18 kishi halok bo‘ldi.
So‘nggi hafta ichida Marokashdan Seutaga 1500 dan ortiq muhojir o‘tgan. Avtonom shaharga kelganlarning aniq soni hali oshkor qilinmagan.
Migrantlar inqirozi sharoitida Ispaniya rasmiylari shaharda xavfsizlikni ta’minlash uchun harbiylarni yuborishga qaror qilishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches va Ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska 31 iyul kuni Seuta shahriga tashrif buyurishni rejalashtirishmoqda.