Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Sergelida erkak ayolni deb 3000 dollaridan ayrildi

A A A
Sergelida erkak ayolni deb 3000 dollaridan ayrildi

Sergeli tumani IIO FMBga 41 yoshli Aslbek S. 52 yoshli Intizor B.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab murojaat qildi.

Intizor B. 2015 yilning yanvar oyidan mart oyigacha bo‘lgan davr mobaynida Aslbekka Toshkent viloyati Zangiota tumanidan 6 sotok yer maydonini xarid qilishda yordam berishini va’da qilgan. Buning uchun u Aslbekdan 3.000 AQSh dollari olgan, ammo va’dasiga xilof qilib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Intizor B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.     

Kiritildi: 16:50 18.11.2019. O'qildi: 2806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik