Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Kiyevga keldi. U «Janubiy-Sharqiy Yevropa — Ukraina» beshinchi sammitida ishtirok etadi, shuningdek, Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi ham kutilmoqda.
«Parijdan keyin Kiyevga yetib olish uchun butun kun va tun davomida Moldova hamda markaziy Ukraina orqali yo‘l yurdim», — deb yozdi Serbiya prezidenti.
Sammitda, shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Moldova prezidenti Mayya Sandu, Ruminiya prezidenti Nikushor Dan, Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha, Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich va Albaniya prezidenti Bayram Begay ishtirok etadi.