AQSh Qurolli Kuchlari Eron hududiga qarshi yangi zarbalar to‘lqinini boshladi. Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (SENTKOM) ma’lum qildi.
«AQSh Qurolli Kuchlari Eronning harbiy salohiyatini yanada zaiflashtirish maqsadida ketma-ket beshinchi kecha ushbu mamlakatga qarshi yangi zarbalar to‘lqinini yo‘llashni boshladi», — deyiladi SENTKOMning X ijtimoiy tarmog‘idagi nashrida.