"Scorpion" filmining suratga olish ishlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Ko‘plab xorijlik mutaxassislardan tarkib topgan ijodiy guruh uch oy davomida Toshkent, Sankt-Peterburg hamda Marokashning bir qancha shaharlarida qizg‘in ish olib bordi.

Yoshlar o‘rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da’vat etuvchi filmda Farxod Mahmudov, Karim Mirxodiyev, Yulduz Rajabova, Ra’no Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etgan.
Shuningdek, filmda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegayev ham suratga tushgan.

Hozirda ijodiy guruh filmning keyingi bosqich jarayonini ustida ishlmoqda. Jarayonda xorijlik mutaxassislar jumladan, filmning ovoz dizayni ustida Geri Burjua (AQSH, “Prevosxodstvo borna”, “Pervie mstiteli”) va Aleksey Sinisin (Rossiya. “Savva”, “Zashitniki”) ishlaydi. Ovoz ustida ishlash jarayoni “Mosfilm” kinokonserni negizida amalga oshiriladi.
Rang-tasvir ishlari “Legenda 17”, “Dvijeniye vverx”, “Viking” kabi filmlarda ishlagan Moskvaning “Color Kitchen” kompaniyasi hamkorligida olib boriladi. Film musiqasi uchun rosiyalik taniqli bastakor Ilya Zudin (“Dinamit” guruhining sobiq solisti) taklif qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu loyiha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan suratga olingan bo‘lib, film premyerasi joriy yilning oktyabr oyida o‘tkaziladigan “Prologue” Xalqaro kinofestivalida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Manba: darakchi.uz