Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sayyohlar dunyoning eng yaxshi muzeyi nomini ma’lum qildi

A A A
Sayyohlar dunyoning eng yaxshi muzeyi nomini ma’lum qildi

Ko‘plab sayyohlarning fikriga ko‘ra, dunyodagi eng yaxshi muzey Parij shahridagi Orse muzeyi bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi

Bir yil ichida u ikki pog‘ona ko‘tarilgan va Nyu-Yorkdagi ikki raqobatchisi — Metropoliten (uchinchi o‘rin) va 2001 yil 11 sentyabr terakti qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Milliy memorial 9/11 muzeyidan (ikkinchi o‘rin) o‘zib ketgan.

To‘rtinchi o‘rindan Londondagi Britaniya muzeyi, beshinchi qatordan esa Madriddagi Prado muzeyi o‘rin olgan.

Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Afinadagi Akropol, Parijdagi Luvr, Yangi Orleandagi (AQSh) ikkinchi jahon urushi milliy muzeyi, Mexikodagi Antropologiya milliy muzeyi, Vyetnamdagi Urush qurbonlari muzeyi kirgan.

Manba: daryo.uz

 

Kiritildi: 10:16 13.10.2018. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!