Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Saylovoldi so‘rovi: Bayden Trampdan 10 foizga ortda qoldi

Saylovoldi so‘rovi: Bayden Trampdan 10 foizga ortda qoldi

AQSh prezidenti Jozef Bayden saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga ko‘ra, sobiq davlat rahbari Donald Trampdan 10 foizga ortda qolmoqda.

Bu haqda «Rasmussen Reports» tadqiqot tashkiloti tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi.

Respondentlardan agar prezidentlikka nomzodlar Jozef Bayden, Donald Tramp va Robert Kennedi kichik bo‘lsa, kimga ovoz berishlarini so‘rashdi. So‘rov
ishtirokchilarining 46 foizi Trampni, 36 foizi Baydenni, 9 foizi Kennedini ma’qullagan.

So‘rovda 1205 kishi ishtirok etgan.

«Rasmussen Reports» ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp o‘tgan oyga nisbatan peshqadamlikni 4 foizga oshirgan. Shunday qilib, tashkilotning 4 aprel holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Trampga 44 foiz, Baydenga 38 foiz, kichik Kennedi uchun 10 foiz ovoz berish kutilmoqda.

Kiritildi: 12:50 04.05.2024. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!