Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Saylov tugadi! Rahmon Tojikistonni boshqarishda davom etadi

Saylov tugadi! Rahmon Tojikistonni boshqarishda davom etadi

Tojikistonda prezident saylovlarida amaldagi prezident Emomali Rahmon g‘olib bo‘ldi. Unga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Saylovda saylovchilarning 85,39 foizi ishtirok etgan.

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining dastlabki natijalari quyidagicha:

90,92% - Emomali Rahmon

3,3% - Rustam Latifzoda

2,15% - Rustam Rahmatzoda

1,7% - Miroj Abdulloyev

1,49% - Abduhalim G‘afforov.

Eslatib o‘tamiz, 11 oktyabr kuni, mustaqil Tojikiston tarixida oltinchi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil mamlakat prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod da’vogarlik qildi: Mustaqil kasaba uyushmalari federasiyasi va respublika Yoshlar ittifoqi, Xalq demokratik partiyasidan Emomali Rahmon, Agrar partiyasidan Rustam Latifzoda, Sosialistik partiyasidan Abduhalim G‘afforov, Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda va Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev.

Kiritildi: 10:56 12.10.2020. O'qildi: 3164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!