Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Saylov: Emomali Rahmonning ilk raqibi ma’lum bo‘ldi

Saylov: Emomali Rahmonning ilk raqibi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston Agrar partiyasining (APT) navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda 2020 yil 11 oktyabr kuni o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka birinchi nomzod nomi e’lon qilindi.
Qurultoyda partiya raisi Rustam Latifzoda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan. U 1960 yil 27 noyabrda Tojikistonning Xatlon viloyatida tug‘ilgan.

Konstitusiyaga ko‘ra, prezident 7 yil muddatga saylanadi. 30 yoshga to‘lgan, Tojikiston fuqaroligiga ega, oliy ma’lumotli, davlat tilini biladigan va so‘nggi 10 yil davomida mamlakat hududida yashagan fuqaro prezidentlikka nomzod sifatida saylovlarda qatnashishi mumkin.
Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident bo‘la olmaydi. Ushbu cheklash tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat yetakchisi Emomali Rahmonga taalluqli emas. U mamlakatni 1992 yildan buyon boshqarmoqda.
Prezidentlikka yangi saylovlar 6 avgust kuni Tojikiston Respublikasining Majlisi Oliysining har ikki palatalari qo‘shma majlisining oltinchi chaqirig‘ida belgilangan.

Kiritildi: 08:53 17.08.2020. O'qildi: 6351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!