Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi

Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi

Saudiya klubi 51 yoshli mutaxassis bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu qaror jamoaning so‘nggi paytlardagi o‘yinlari tahlil qilinganidan so‘ng qabul qilindi.

Portugaliyalik murabbiy bu lavozimda 2025 yilning oktyabridan buyon ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa jami 41 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta g‘alaba, 7 ta durang va 13 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Yakunlangan mavsumda «Al-Ittihod» Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 34 ta o‘yinda 55 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egalladi. Mamlakat chempionligini esa 86 ochko bilan «An-Nasr» qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!