Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Saudiyada o‘tgan bir sutka davomida rekord darajadagi bemorlar koronavirusdan tuzaldi

Saudiyada o‘tgan bir sutka davomida rekord darajadagi bemorlar koronavirusdan tuzaldi

Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha,mamlakatda 25 iyun kuni rekord darajadagi bemorlar koronavirusdan tuzaldi. Payshanba kuni Qirollikda 5085 kishi COVID-19 dan batamom xalos bo‘ldi va tuzalganlarning umumiy soni 117.882 kishiga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Muhammad Al-Abd Al-Alinig so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Qirollikda yangi kasallanish holatlari biroz kamaygani virus xavfi kamayayotganini anglatmaydi.

“Epidemiyaning tarqalishi tez-tez o‘zgarib turadi.Kunlik yangi kasallanish hollarining qancha bo‘lishi ko‘plab faktorlarga bog‘liqdir.Bu omillarning asosiysi jamiyatimizdagi odamlarning ehtiyot choralariga qanchalik amal qilishlari hisoblanadi”, deydi Al-Abd Al-Ali. Shuningdek,u odamlarni tashqariga chiqqanda ko‘rsatmalarga amal qilishga chaqirdi.

“Odamlar gavjum joylarga bormang,begonalarga o‘z shaxsiy buyumlaringizni foydalanish uchun bermang,ko‘chadagi sotuvchilardan narsa sotib olmang va bolalaringgizga alohida e’tibor bering” deydi u.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusni yuqtirib olgan bir erkak haqida xabar bergan. Unda ma’lum qilinishicha, erkak do‘konga borib kelganidan so‘ng ko‘rsatmalarga beparvolik bilan qarab qo‘lini tozalovchi moddalar bilan dezinfeksiya qilmagan.

Natijada,uning o‘zi kasallanibgina qolmay,virusni oilasidagi 6 kishiga ham yuqtirgan. Hozirda qandli diabet kasali ham bo‘lgan oila a’zolaridan biri reanimasiya bo‘limiga olingan.

Shuningdek, vazirlik tibbiyot niqoblari virusga chalinmaslikda samarali vosita ekanligini, lekin ularni bir kundan ortiq ishlatmaslikni ham ta’kidlab o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida hozirgacha 1428 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Kasallanganlarning umumiy soni esa 170.639 kishiga yetgan bo‘lib,hozirda kasalxonalarda 51.325 kishi davolanmoqda.

Kiritildi: 04:30 28.06.2020. O'qildi: 2557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!