Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiyada mamlakat ayollariga mahramsiz Haj qilishga ruxsat berdi

A A A
Saudiyada mamlakat ayollariga mahramsiz Haj qilishga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni hukumati ilk bor ayollarga mahram – yaqin qarindoshi – erkak hamrohisiz Haj qilishga ruxsat bermoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi rasmiy saytidagi xabarda aytiladi.

Saudiya Arabistoni vazirligi joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida bo‘lganlar, jumladan, saudiyalik ayollar va Podshohlikda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan musulmon ayollarni muddatidan oldin ro‘yxatga olish imkoniyatini e’lon qildi. Ro‘yxatga olish qoidalariga ko‘ra, elektron shaklda to‘ldiriladigan arizada hamrohlik qiluvchi shaxs yoki mahram (er, aka, ota yoki o‘g‘il) ko‘rsatilishi majburiy edi. Bu holat nomzodning “o‘z ixtiyori”ga bog‘liq ekani va anketani to‘ldiruvchi ayolning xohishi bilan yozilishi qayd etilgan.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Abdulfattoh Mashatning aytishicha, mamlakat rasmiylari “bu yil Haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram bo‘lishini talab qilmaslikka” qaror qilgan. Shu bilan birga, u bu holatda musulmon ayol “ayollar guruhi tarkibida” haj ziyoratiga borishi kerakligi ta’kidlandi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, 2023 yilgi Haj mavsumi iyun oyining so‘nggi haftalariga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 20:35 06.01.2023. O'qildi: 3837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!