Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida dunyoning eng yirik tuyalar kasalxonasi ochildi

Saudiya Arabistonida dunyoning eng yirik tuyalar kasalxonasi ochildi

Saudiya Arabistonining Al-Qosim viloyatida tuyalarni davolash va o‘rganishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik markaz ishga tushdi, deya xabar bermoqda “Al-Arabiya”. 

Etmish ming kvadrat metr maydonda joylashgan markazni barpo etish uchun 100 million riyol (26,7 million AQSh dollari) sarflandi. Bu yerda zamonaviy jihozlar o‘rnatilgan bo‘lib, 160 xildan ziyod tahlillarni o‘tkazish imkoniyati mavjud. Markazning ochilish marosimida Al-Qosim viloyati hokimi, shahzoda Faysal ibn Mishal ishtirok etdi. 

Shunga o‘xshash markazlar Dubay va Qatarda ham mavjud. Dubaydagi tuyalar kasalxonasi uchun 10 million dollar sarflangan va u 2017 yilning dekabrida ishga tushgan. Qatardagi markaz esa 2015 yilda ochilgan. 

Kiritildi: 04:00 09.07.2020. O'qildi: 3504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!