Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistonida 27 maygacha harakatlanishga to‘liq taqiq qo‘yildi

Saudiya Arabistonida 27 maygacha harakatlanishga to‘liq taqiq qo‘yildi

Saudiya Arabistonida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Ramazon hayiti arafasida 22 maydan harakatlanishga to‘liq taqiq kiritildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi vakili Talol ash-Shalxub matbuot anjumanida ma’lum qildi.    

Ta’kidlanishicha, taqiqlov podshohlikning barcha shaharlari va tumanlarida 22 may soat 17:00dan kuchga kirib, 27 maygacha 24:00 gacha amal qiladi.

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paymoqda va 22 may kuni mamlakatda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 2642 nafarni tashkil qilib, bu borada rekord ko‘rsatkich qayd qilindi.

Pandemiya boshlangandan beri podshohlikda 67,7 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalingan, undan vafot etganlar soni 364 nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar 39 mingdan ko‘proq..

Kiritildi: 07:40 23.05.2020. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!