Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni va BAA AQShdan mlrd dollarlik qurol sotib oladi

A A A
Saudiya Arabistoni va BAA AQShdan mlrd dollarlik qurol sotib oladi

AQSh davlat departamenti Saudiya Arabistoni va BAAning milliardlab dollarlik mudofaa shartnomalari uchun uchun «yashil chiroq»ni yoqdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik boshqarmasi bayonot berdi.

Xususan:

  • AH-64A/D/E Apache vertolyotlarida qo‘llaniladigan, tanklarga qarshi yarimfaol kallakli o‘zitopar raketalar (AGM-114R3 Hellfire II)dan 2 503 tasini Saudiya Arabistoni sotib oladi. Ushbu shartnoma qiymati — 655 mln dollar, ijrochi — Lockheed Martin kompaniyasi.
  • F-15 qiruvchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan 220 ta aviasiya raketasi (AIM-9X Block 3)ni ham saudiyaliklar sotib olmoqda. Bu shartnoma qiymati — 251 mln dollar, buyurtmani Raytheon kompaniyasi bajaradi.
  • Shuningdek, Saudiya Arabistoni AQShdan M60A3 tanklarida qo‘llaniluvchi 105 mm kumulyativ tank snaryadlari va boshqa xildagi o‘q-dorilarni sotib oladi. Bu savdoning umumiy qiymati — 139 mln dollar.
  • Birlashgan Arab Amirliklari esa ATACMS raketalari, GMLRS snaryadlari va ular bilan bog‘liq tizimlarni 1,2 mlrd dollarga xarid qilmoqda.
Kiritildi: 00:21 13.10.2024. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!