Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berish ehtimolini yashirin ravishda qo‘llab-quvvatlagan

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berish ehtimolini yashirin ravishda qo‘llab-quvvatlagan

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berish ehtimolini yashirin ravishda qo‘llab-quvvatlagan — Axios.

Nashr manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon juma kuni Vashingtondagi yopiq brifingda agar Donald Tramp Eronga qarshi tahdidlarini amalga oshirmasa, “Oyatulloh rejimi” kuchayishi mumkinligini bildirgan.

"Jamoatchilik oldida Saudiya Arabistoni mintaqadagi keskinlashuvdan ehtiyot bo‘lishni ogohlantirib keladi. Uch hafta oldin esa valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Tramp bilan Eronga zarba berish bo‘yicha o‘z xavotirini bo‘lishgan edi. Aynan shu ogohlantirish Trampni zarbani kechiktirishga undagan", deb yozmoqda Axios.

Ma’lum qilinishicha, valiahd shahzodaning ukasi shahzoda Xolid bin Salman Eron bo‘yicha uchrashuvlar uchun Vashingtonga kelgan. Payshanba kuni u Oq uyda AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Hegset, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Qo‘shma shtablar raisi Den Keyn bilan uchrashgan.

Axios manbasiga ko‘ra, uchrashuvning asosiy mavzusi AQShning Eronga zarba berish imkoniyati bo‘lgan. Shu bilan birga, chorshanba kuni valiahd shahzoda Eron prezidenti bilan telefon orqali suhbatda Saudiya Arabistoni AQShga Eronga hujum qilish uchun havo hududidan foydalanishga ruxsat bermasligini bildirgan.

Axios ma’lumotiga ko‘ra, Xolid bin Salmon juma kuni Vashingtondagi uchrashuvda bir necha haftalik tahdidlar ortidan, Trampga harbiy choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelishini, shu bilan birga mintaqaviy keskinlashuv xavfini kamaytirishga harakat qilishi kerakligini aytib o‘tgan.

Kiritildi: Bugun 16:40. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!