O‘zbekiston fuqarolari ham foydalanishi mumkin bo‘lgan yangi ko‘p martalik Umra vizasi ishga tushirildi.
📅 Viza 365 kun amal qiladi va uning egasi Saudiya Arabistoniga bir necha marta kirishi mumkin. Bir yil davomida mamlakatda jami 90 kungacha qolishga ruxsat etiladi.
Ziyoratchilar har bir tashrif oldidan «Nusuk» platformasi orqali Umra ruxsatnomasini rasmiylashtirishi kerak.